O`zbekiston Kardiologiyasi dunyo nigohida

05/09 2019

O`zbekiston Kardiologiyasi dunyo nigohida

     31-avgust 4 sentyabr kunlari Parij shahrida Yevropa kardiologlar jamiyatinig Umumjahon Kardiologiya Kongressi bilan hamkorlikdagi kongressi o`tkazilmoqda. Kardiologiya sohasidagi so`nggi klinik tadqiqot natijalari, yo`riqnomalar, kardiologik asbob-uskunalar, va zamonaviy electron dasturlar namoyish etiladgian va har  yili o`tkazdiladigan ushbu kongress butun dunyo kardiologlari uchun eng muhim ilmiy amaliy anjuman hisoblanadi. Dunyo bo`yicha 30 000 dan ortiq kardiologlar ishtirok etayotgan ushbu nufuzli kongressda O`zbekiston Kardiologlar Assotsiatsiyasining delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

 

     Qayd etish lozimki, Yevropa Kardiologiya Jamiyatining dunyoning ilgo`r kardiologik jamiyati hisoblanib, asosiy vazifasi etib, butun jahonda kardiologik kasalliklarning rivojlanishi va tarqalishini kamaytirish belgilangan. Ushbu tashkilotga Dunyoning 57 ta mamlakati a’zo hisoblanadi. Quvonarlisi shuki, O`zbekiston kardiologlar assotsiatsiyasi ham O`tgan yili Myunxenda bo`lib o`tgan kongressda Yevropa kardiologiya jamiyatining to`laqonlik a’zoligiga qabul qilingan edi.

     Shunday ekan, bu yilgi bo`lib o`tayotgan Kongress O`zbekiston uchun a’zolikdan keying dastlabki kongress hisoblanib, ushbu kongressda O`zbekiston Kardiologiya Assotsiyasiga taqdimot uchun stend joyi ajratilgan. O`zbekiston Kardiologiya Assotsiatsiyasi ushbu stend joyida O`zbekistondagi kardiologik tibbiy yordam holari hamda O`zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etmoqda.

     Ushbu kongressda O`zbekiston delegatsiyasining salmog`ini ham alohida ta’kidlab o`tish joiz. Sababi, avvallari bunday ilg`or kongresslarda O`zbekistonda sanoqli delegatlar qatnashib kelishgan bo`lsa, bu safargi kongressda O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston Kardiologlar Assotsiatsiyasi prezidenti, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Kurbanov Ravshanbek Davletovich boshchiligida 40 dan ziyod O`zbekistonlik delegatlar ishtirok etmoqda. Ushbu delegatsiyaning asosiy qismi (20 ga yaqin) 35 yoshgacha bo`lgan yoshlardan iborat bo`lib, bu yoshlar Yevropa kardiologiya jamiyati tomonidan ajratilgan grantlarni qo`lga kiritgan holda ushbu kongressda ishtirok etishmoqda.

  

     Ushbu kongress doirasida yana bir quvonarli voqea yuz berdi. O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston Kardiologlar Assotsiatsiyasi prezidenti, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Kurbanov Ravshanbek Davletovich Yevropa kardiologiya jamiyatinig faxriy a’zoligiga qabul qilindi. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki, shu vaqtga qadar O`zbekistondan hech kim bunday faxriy unvonni qo`lga kiritmagan edi.

 

     Bundan tashqari, Ushbu kongress doirasida a’zo davlatlar yoshlaridan tuzilgan jamolar o`rtasida Klinik holatlar bo`yicha musobaqa o`tkazildi. Ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan, O`zbekistonlik yosh kardiologlardan iborat “Avitsena” jamoasi yuqori natijani qayd etdi. 

 

     Ushbu kongress doirasida bir qator yuqori doiradagi muzokaralar ham o`tkazilmoqda. Ushbu muzokaralar Yevropa Kardiologlar Jamiyati hamda O`zbekiston Kardiologlar Assotsiatsiyasi o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, Yevropa miqyosidagi katta klinik tadqiqotlarda O`zbekistonning ishtiroki, Yosh O`zbekistonlik olim va shifokorlarning Yevropaning yetakchi klinikalarida Ilmiy hamda amaliy stajirovkalarni tashkil etish hamda Yevropalik yetuk olimlar, shifokorlarning O`zbekistonga tashrif buyurishlari shular jumlasidandir. Ushbu muzokaralarning natijasi o`laroq, keyingi yilning mart oyida Toshkent shahrida, Yevropa kardiologiya jamiyatining Exokardiografiya boyicha assotsiatsiyasi tomonidan 2 kunlik seminar-trening o`tkazishi bo`yicha kelishuvga erishildi.